Madridning "Real" klubi "el-klasiko"ning yangi muddati borasida bayonot berdi.
"Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi raqobat qo'mitasining "Barselona" va "Real" klublari o'rtasidagi 26 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan o'yinni boshqa muddatga qoldirish haqidagi qaroriga bo'ysungan holda shuni aytamizki, biz bu uchrashuvni 18 dekabr kuni o'tkazilishini istaymiz", — deyiladi bayonotda.
Avvalroq "Barselona" ham bayonot berib, "el-klasiko"ni 18 dekabr kuni o'tkazish tarafdori ekanini ma'lum qilgandi. Ammo La liga prezidenti Ispaniya kubogi o'yinlari tufayli "klasiko"ning 18 dekabr kuni o'tkazilishini istamayapti va 7 dekabr sanasini taklif qilmoqda. Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi esa 18 dekabr sanasini qo'llab-quvvatlamoqda.