«Zaltsburg» hujumchisi Erling Holand xizmatiga qiziqish bildirayotgan klublar soni ortib bormoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, «Manchester Siti» klubi norvegiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shilgan.
Ayni paytda Holandning transfer qiymati 50 million funtga yaqinlashdi. Avvalroq «Barselona», «Real» va «Manchester Yunayted» klublari futbolchini kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bu mavsumda 19 yoshli futbolchi «Zaltsburg» tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urgan. Uning shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.