«Barselona» vakillari Ispaniya futbol federatsiyasiga maktub yo'llab, "ko'k-anorranglilar" La liganing birinchi davrasidagi "Real"ga qarshi o'yinni Madridda o'tkazish haqidagi taklifga rad javobini berdi.
Shu bilan birgalikda, kataloniyaliklar 26 oktyabr kuniga belgilangan o'yinni dekabrga ko'chirishga qarshi emasligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Avval xabar berilganidek, "el-klasiko" 18 dekabr kuni bo'lib o'tishi mumkin. O'yinni ko'chirish masalasi maxsus qo'mita yig'ilishida hal etiladi.
"El-klasiko" muddatining o'zgarishi haqidagi gap-so'zlar ayni paytda Barselonada ro'y berayotgan norozilik aktsiyalari bilan bog'liq.