La liga rahbariyati 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «Real» va «Barselona» klublari o'rtasidagi "el-klasiko"ni Madridga ko'chirish taklifi bilan chiqdi. Shu kuni Kataloniya poytaxtida siyosiy mahkumlarga chiqarilgan qarorga qarshi norozilik mitingi bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Shu bois, La liga xavfsizlik nuqtai nazarida birinchi davradagi "klasiko"ni "Real" maydoniga ko'chirishni istadi. Taklifga ko'ra, 1 mart kunga ikkinchi davra bahsi Barselonada bo'lib o'tadi.
Ammo "Barselona" va "Real" klublari mazkur o'yinni Madridga ko'chirish haqidagi taklifga rad javobini berishdi. Shu sababli, "el-klasiko" o'z vaqtida avval belgilangandek "Kamp Nou"da o'tkaziladi.