Ispaniya chempionatining 10-tur doirasida "Barselona" - "Real" jamoalari o'rtasida navbatdagi “El Klassiko” bo'lib o'tadi. La Liga ushbu uchrashuvni Kataloniyadan Madridga ko'chirish taklifini o'rtaga tashladi deya xabar bermoqda Marca.
Manbaning xabar qilishicha, La Liga rahbariyati joriy mavsumning birinchi “El Klassiko”sini Madrid shahrida o'tkazishga taklif kiritdi. Sababi, ayni paytda Kataloniya turli xil namoyishlar bo'lib o'tmoqda.