Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
AS nashrining xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchi to'p bilan muomala qilish mashg'ulotlariga kirishgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi shu ruhda tiklanishda davom etsa, “Barselona”ga qarshi o'ynashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Real” uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da “Kamp Nou”da start oladi.