"Real"ning sobiq sardori Fernando Yerro Ekvador futbol federatsiyasining milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida qisqa ro'yxatiga kiritilgan, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, ekvadorliklar allaqachon murabbiy bilan bog'lanishgan va yaqin vaqt ichida tomonlarning muzokara natijalari ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, sobiq himoyachi JCh-2018da Ispaniya terma jamoasini boshqargan.