Londonning “Arsenal” klubi sobiq murabbiyi Arsen Venger nima uchun “Real” taklifini rad etganini aytdi.
"Yoshlikdan o'zimga yoqadigan ishni qilishga intilganman. "Arsenal"da o'zim xohlagan tarzda ishlayotganimni sezganman. Nega buni o'zgartirishim kerak?
"Real"da yanada zo'r sharoitda ishlashim mumkin edi. Ammo ta'sir kuchim kamroq bo'lardi. Shu tufayli "Arsenal"da qolishni afzal ko'rganman", – dedi Venger.
Eslatib o'tamiz, 69 yoshli mutaxassis 1996-2018 yillarda "Arsenal"ni boshqargan.