Madridning «Real» klubi yangi himoyachisi Teo Ernandes o'zining «Qirollik klubi» safiga o'tishi borasida fikrini bildirib o'tdi.
«Men kutgan vaqt keldi. Yangi muxlislarimga salomlar yo'llayman», — deya yozdi Ernandes o'zining «Tvitter»ida.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli futbolchi «Real» bilan 6 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. «Real» Ernandesning transferi uchun "Atletiko"ga 26 mln evro to'ladi. Futbolchi o'tgan yilgi mavsumni ijara asosida «Alaves»da o'tkazgandi.