Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safidagi 168-uchrashuvini - Norvegiyaga qarshi (1:1) o'tkazdi.
"Serxio Ramosning texnik va jismoniy fazilatlaridan tashqari, u etakchilik xususiyatga ega. Bu unga nafaqat "Real" va Ispaniya terma jamoasining, balki butun dunyo futbolining afsonasi bo'lishiga imkon berdi", - deydi Florentino Peres Marca nashriga.
"Ishonchim komilki, Serxio maydonga to'p surgan bu xislat doimo saqlanib qoladi", - deya qo'shimcha qildi prezident.