Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Xames Rodriges tez orada asosiy jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi, deb yozadi Marca.
Kolumbiyalik futbolchi jarohati sabab milliy jamoalar o'yini tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida yakka tartibda shug'ullanmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi kelasi hafta umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xames bu mavsumda La Ligada 6ta o'yinda qatnashib, 1ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.