Italiyaning “Inter” klubi sobiq hujumchisi Ronaldo Madridning “Real” jamoasiga ko'chib o'tishga qarshi bo'lgani haqida so'zlab berdi.
"Men hech qachon “Inter” jamoasidan ketishni xohlamaganman. Bu er mening uyim deb o'ylardim. Men hech qachon klub Prezidentiga bosh murabbiyni haydab yuborish kerakligi haqida murojaat qilmaganman. Bunday qilish menga yarashmas edi, bu mening stilimga to'g'ri kelmas edi", - Ronaldoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.