Madridning “Real” hamda Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos Evro-2020 saralash turnirining 7-turida Norvegiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
Ushbu uchrashuv 33 yoshli markaziy himoyachining Ispaniya terma jamoasi safidagi 168-uchrashuvi sifatida tarixdan joy oldi.
Bu Ispaniya terma jamoasida rekord sanaladi. Ramos Iker Kasilyadan o'tib ketdi. Kasilyas Ispaniya terma jamoasi safida 167 marotaba maydonga tushgandi.
Ramos Ispaniya terma jamoasida 2005 yildan faoliyat olib kelmoqda.
Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 21ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Ramos – Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionligini va ikki marotaba Evropa chempionligini qo'lga kiritgan.