Bugungi vaqtga kelib, u klubdan ketishni istamagani va faoliyatini Milanda yakunlashni rejalashtirganini tan oldi, deya xabar qiladi Italiya nashri.
«Inter»ni tark etishni istamagandim. Bu er mening haqiqiy uyim bo'lgan. Massimo Morattining oldiga transferimni talab qilib borishimni xayolimga ham keltirmaganman. Boshqa tomondan, klub prezidenti Ektor Kuperni ishdan olishiga ishonchim komil edi. Rahbariyatning qarori esa men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Kuper menga nisbatan juda yomon munosabatda edi. Morattini juda ham yaxshi ko'raman aslida. U xuddi otamdek. O'shanda ikkalamiz ham xatoga yo'l qo'yganmiz”, – deydi «fenomen».