"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Frantsiyalik futbolchi shu munosabat bilan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Muxlislardan sovrin qabul qilish hamisha yoqimli. Biz ular uchun o'ynayapmiz. Shu bois, xursandman. Jamoaning barcha a'zolari kabi o'zimni juda yaxshi his qilyapman.
Asta-sekin jamoa yaxshilanib bormoqda va tez oradan yuqori saviyada o'ynay boshlaymiz. Natijada har bir o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
Keyingi o'yinga "futbolda oson o'yin bo'lmaydi", degan fikr bilan yondashyapmiz. Oktyabr – "Real" uchun muhim oy bo'ladi. Boisi, unda Chempionlar ligasi o'yinlari bor. Biz qiyin bo'lgan 3ta o'yinni o'tkazishimiz kerak. Biz esa bunga tayyormiz", – dedi Benzema "Real" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.