Marokashlik futbolchi Xakim Ashraf bu mavsumdan boshlab asosiy jamoa a'zosiga aylanishi mumkin. Daniloning "Yuventus"ga o'tishi Ashrafni asosiy jamao a'zosiga aylanishga sabab bo'ladi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan marokashlik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baxoladi va Dani Karvaxalga o'rinbosar bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi.
Shu sababli Ashraf jamoa bilan AQSH turnesiga mavsumoldi mashg'ulotlarni o'tash uchun jo'nab ketadi. Ashraf ushbu mavsumda "Kastilya"ning eng asosiy futbolchilaridan biri bo'ldi. Shu qatorda u o'tgan mavsumda "Real" libosida Qirol kubogida ham maydonga tushishga ulgurdi. Shuningdek, 18 yoshli futbolchi Yoshlar o'rtasida Yevropa Chempionlar Ligasida ham zafar quchdi.