Madridning “Real” klubi tarbiyalanuvchisi Alvaro Medran faoliyatini MLSda davom ettiradi. “Chikago Fayr” jamoasi 25 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, “Real” safida Medran 5ta o'yinda maydonga tushgan va 1ta gol urgan.
Futbolchi faoliyati davomida “Xetafe”, “Valensiya”, “Alaves” va “Rayo Valekano” jamoalarida to'p surgan. Medran “Chikago Fayr”ga erkin agent sifatida borib qo'shildi.