“Real” himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan Tokio—2020 Olimpiadasida ishtirok etmoqchi, deya xabar qilmoqda El Mundo.
Ma'lumot uchun, olimpiya terma jamoasi 23 yoshdan katta uchta futbolchi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Biroq Ramos Tokioga boradigan bo'lsa qiyin taqvimga duch kelishi mumkin. 2020-yilgi o'yinlar 22-iyuldan 8-avgustgacha bo'lib o'tadi. Undan oʻn kun avval esa Evro—2020 musobaqasi yakunlangan bo'ladi.