"O'ynamaganimda, zavq ololmayman. Ikki yil mobaynida "Real" klubida ko'p narsalarni o'rgandim, lekin futboldan endi rohatlanyapman. Muhim palla kelayotganini bilardim, milliy terma jamoa murabbiyida meni Evro-2020 musobaqasiga borishimga shubha qilayotgandi. CHunki, o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganlar musobaqaga bormaydi. SHuning uchun, ijarada to'p tepish yaxshi qaror bo'ldi. Emerining menga bo'lgan ishonchi bilan Evropa chempionatida terma jamoa tarkibidan joy olish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ladi. Hech qachon "Real"dan ketish haqida o'ylamaganman. Maqsadim – u erda muvaffaqiyatga erishish. Orzuimni amalga oshirish uchun kurashaman", – deydi Sebalos.