"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele ikki o'yinga chetlatildi.
Dembele diskvalifikatsiya tufayli "Real" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Frantsiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 8-turida "Sevilya" bilan uchrashuvda (4:0) maydondan chetlatilgani tufayli ushbu jazoni oldi.
Shunday qilib, 22 yoshli Dembele "Eybar" (19 oktyabr) va "Real"ga qarshi "klasiko"ni o'tkazib yuboradi. Ma'lumot uchun "Real" bilan uchrashuv 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.