“Hozirda «Real»ning ishlari yomon emas va ayni payt jamoada qancha futbolchi jarohatdaligidan xabarim bor. Hozir «Arsenal»daman va o'zimni juda yaxshi his etmoqdaman. «Real»dan ketishim kerakligini sezib turgandim. Madridni qiyinchiliksiz tark etdim. Ayni vaqt o'zim istagan erdaman va juda baxtiyorman. Mening asosiy g'oyam futbol o'ynash va undan zavq olish bo'lgan. O'tgan ikki yil davomida esa bunday bo'lmadi va men baxtsiz edim”, – deydi xavbek.