“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, “qirollik klubi” Kante uchun 70 million evro to'lashga tayyor.