Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl kelasi yozda jamoni tark etmoqchi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, uelslik futbolchi rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlashni sezmayapti va jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Qolaversa, futbolchi Zayniddin Zidanning qarorlaridan norozi bo'lmoqda. Avvalroq, murabbiy futbolchini EChL 2-turida bo'lib o'tgan “Bryugge”ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmagan edi.