Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl “Real”ga kerakmi yoki “Real” Beylga?

"Real"ning oxirgi o'yinlaridan birida zaxiraga olingan Beylning Zidanga munosabati e'tiborimni tortdi. Odatda, futbolchilar maydonni tark etayotganda agar bosh murabbiy yaqinida bo'lsa, so'rashib o'tadi.

.
- Yuklab olish

"Real"ning oxirgi o'yinlaridan birida zaxiraga olingan Beylning Zidanga munosabati e'tiborimni tortdi. Odatda, futbolchilar maydonni tark etayotganda agar bosh murabbiy yaqinida bo'lsa, so'rashib o'tadi. Ammo Beyl shunaqa kayfiyatda ediki, Zidanga hatto qayrilib qaramadi ham. Zidan esa Beylga bir qarab qo'ydi va keyin maydonga tikildi. Shundan sezdimki, o'rtadagi nizo hamon jiddiy. Beyl hamon Zidandan norozi.

BEYL NEGA ASOSIY TARKIBDA?

Zidan aqlli murabbiy. Majburiyatini bajarish uchun ayrim narsalarni qurbon qilishi kerakligini biladi. Joriy mavsum avvalida “Real” bir qancha yo'qotishga uchradi. Frantsiyalik mutaxassis katta ehtimol bilan asosiy tarkibga mo'ljallagan Marko Asensio uzoq muddatga safdan chiqdi. Zidan ishongan “qovunchi” Lukas Vaskes esa ishonchni oqlay olayotgani yo'q. Zidanda esa qanot hujumida yagona variant qoldi — Beyl. Uelslik futbolchi tezkor, driblingi bor, kuchli zarbaga ega. Shu bois Zidan o'rtadagi sovuq munosabatni bir chekkaga surib, Beylga asosiy tarkibdan joy ajratdi.

Beyl ishonchni oqlayapti nisbatan. Agar ana shu holatda jamoaga nisbatan noroziligi bo'lmaganida, Zidan bilan munosabati yomon bo'lmaganida, ehtimol, yanada yaxshiroq o'ynashi ham mumkin edi. Istaymizmi, yo'qmi, futbolchining kayfiyati o'yiniga ta'sir ko'rsatadi.

BEYL “REAL”GA KERAKMI?

Ha. “Granada”ga qarshi bahsda Benzema tomon uzatilgan super uzatma yodingizdadir. “Real”da bu ishni faqat Beyl uddalay oladi. Garetda jamoaga etishmayotgan xislatlar bor. Agar Beyl “Real”dan ketsa, bu klub uchun jiddiy yo'qotish bo'ladi. Ayni damda uning o'rnini bosadigan futbolchi yo'q “Real”da. Agar kema dengizda mashaqqat bilan suzayotgan bo'lsa-yu, uning bir elkanini sindirib olsangiz, nima bo'ladi?

Beyl — “Real”da ayni damda sovuqqonlikni saqlab qolayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Yakka kurashlarda to'pni oldirmaydi, Vaskes yoki Benzemaga o'xshab dovdiramaydi, Azar kabi ortiqcha harakat qilib to'pni yo'qotmaydi. Aql bilan o'ynaydi. Bu jihatlar esa nafaqat “Real”, balki istalgan jamoa uchun muhim.

“REAL” BEYLGA KERAKMI?

Beyl “Real”dan ketsa, yutqazadimi? Agar “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus” kabi grand jamoalarga o'tsa, yo'q. Chunki Beyl kuchli beshlikning istalgan klubida o'z o'rnini topib keta oladi. U ma'lum taktika yoki ma'lum klubga asoslangan futbolchi emas, universal. “Tottenxem”da himoyada o'ynaganidan xabaringiz bor. Yarim himoyani ham qoyillatadi. Hujumda esa gol urish borasida asl hujumchilardan kam emas. Tezkor futbolga ham, tiki-takaga ham moslashib ketadi. Agar Beyl “Real”dan ketishni istasa, uni safida ko'rishni istaydigan jamoalar istagancha topiladi. Unga etakchilikni berishga tayyor bo'lgan klublar ham yo'q emas. Xullas, “Real” va Beylning ajralishi futbolchidan ko'ra jamoaga ko'proq qimmatga tushadi. Beylning o'rniga boshqa keladi, dersiz, ehtimol, ammo uning o'rnini bosadigan futbolchi topish uchun “qirollik klubi” kamida 100-150 mln evro sarflashi kerak agar o'sha futbolchining jamoasi uni sotishni, u futbolchi “Real”ga o'tishni istasa...

Bu erda yagona variant shu — Zidan Beyl bilan munosabatlarni yaxshilab, o'rtadagi adovatni yo'qotishi kerak. Ana shunda Garetning o'yini yanada ochiladi va “Barselona” darvozasiga fantastik gol urgan o'sha tezkor Beylga aylanadi. Kim bilsin, ehtimol, “el-klasiko”da yana bir bor jamoaga kerak ekanligini isbotlar.

BestMaster
8 Oktyabr 2019, 16:30
“real”ga, kerakmi, yoki, “real”, beylga?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads