Marca nashri xabariga ko'ra, “Real” Harri Keyn transferidan voz kechadi. Boisi “Tottenhem” hujumchisiga 180 mln funt narx belgilagan.
“Real” esa Keynning o'rniga “Chelsi”dan Temmi Abrahamni sotib olishni ko'zlagan. Qayd etilishicha, Temmining Madrid klubiga o'tishi 50 mln funtga tushishi mumkin.
Abraham joriy mavsum APLning 8 ta o'yinida 8 ta gol urishga erishdi. Ayni damda futbolchisi "Manchester Siti" hujumchisi Aguero bilan birgalikda to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda