Fransiyalik mutaxasis Zinedin Zidan ketma-ket ikkinchi marta UEFA Chempionlar Ligasi finaliga yo'l olgan 2-murabbiy bo'ldi. CHL yangi ko'rinishga kelganidan so'ng bu turnirda hali hech bir jamoa ketma-ket g'alaba qozona olmagan.
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergusson esa bunga juda yaqin kelgan edi, ammo bu ishni yakuniga yetkaza olmadi. Shotlandiyalik sobiq mutaxasis "MYU" bilan 2008-yilda ushbu turnirda zafar quchgan oradan bir yil o'tib esa 2009-yilda finalda "Barselona"dan mag'lubiyatga uchragan edi.