Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos “Real” safida Ispaniya chempionatidagi 427-o'yinini o'tkazdi. Shu tariqa futbolchi chempionatda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar orasida kuchli 6likga kirib oldi.
Shuningdek, Ramos Madrid afsonasi Pako Xento bilan bir hil ko'rsatkich qayd etgan.
Ma'lumot uchun, Ramos 427ta o'yinning 287tasida g'alaba qozongan, 74ta o'yinda mag'lub bo'lgan hamda 66ta o'yinda durang o'ynagan. Qolaversa, Serxio 59ta gol urishga erishgan.
Serxi Ramosning faoliyatini qachon tugatisha hali noma'lum. Shuning uchun futbolchi Yerro (439), Santilyani (461), Kasilyaslar (510)ning ham natijalarini yangilashi mumkin.