«Barselona» yarim himoyachisi Usmon Dembele La liganing 8-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (4:0) hakamga e'tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
Dembele hakam Antonio Migel Mateu Laosga: «sen juda yomonsan», deya aytdi. Bundan tashqari, futbolchi hakam yonida xatti-harakati bilan o'z noroziligini namoyish qildi.
Frantsiyalik futbolchi ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Shunday bo'lsa, u Ispaniya chempionatining 10-turida 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «Real»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Dembelening navbatdagi turda bo'ladigan «Eybar»ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi aniq.