Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan “Granada” ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berib o'tdi.
“Bugun hammamiz xursand bo'lishimiz kerak, sababi o'zimiz xohlagan musobaqa jadvalning eng yuqori o'rinidamiz.
Tushunib turibmiz, oldinda uzun yo'l, biz juda qattiq mehnat qilishimiz kerak.
Biz o'tgan oyga nisbatan yaxshi o'ynayapmiz. Har bir futbolchi o'z vazifasini bajarmoqda. Ammo men ko'prog'ini xohlayman. Biz mukammalmiz.
Oson o'yinlar bo'lmaydi. O'yinning birinchi daqiqasidan oxirigacha o'ynashga to'g'ri keladi.
Azar kiyinish xonasida juda xursand edi. Umid qilamizki, u “Real” uchun ko'plab gollaridan birini urishga erishdi. Areola xato qildi, biroq ajoyib o'yin o'tkazdi.
Federiko Valverde – zamonaviy futbolchi. U doim oldinga intiladi. Bugungi kunda bu juda muhim. Men u uchun xursandman, u bunga munosib”, -deydi murabbiy