Bu qiziqish jamoa posboni Tibo Kurtuaning hozirgi formasiga bog'liqdir. "Qirollik klubi" esa bundan xavotirga tushgan.
SHuning uchun, "Real" "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni 120 million evro to'lab xarid qilishga tayyor.
Oblak joriy mavsum "matraschilar" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushdi, ulardan 6tasida gol o'tkazib yubormadi.
Futbolchi "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, transfermarkt malumotlariga ko'ra dunyoning eng qimmat darvozaboni aynan sloveniyalik posbon bo'lib turibdi.