“Real” “Atletiko” darvozaboni Yan Oblakga qiziqish bildirmoqda.
Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, “qirollik klubi” futbolchining shartnomasida beliglab qo'yilgan 120 million evro tovon pulini to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda “Real” 35 million evroga“Chelsi”dan Tibo Kurtuani sotib olgan edi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Oblak 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol o'tkazib yuborgan.