«Real» himoyachisi Fabiu Koentrau rasman «Sporting»ga o'tdi, deya xabar tarqatdi portugaliyaliklar rasmiy veb-sayti.
Lissabonliklar 29 yoshli futbolchini 1 yilga ijaraga olishdi. Avvalroq «Sporting» keyinchalik futbolchining huquqini sotib olish haqida shartnomaga band kiritishi haqida ma'lumot berilgandi.
Koentrauning «Real» bilan shartnomasi 2019 yilga qadar tuzilgan. Transfermarkt uning transferini 5 mln evroga baholagan. Koentrau o'tgan yilgi mavsumni ham ijarada — «Monako» safida o'tkazib, Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi.