Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa darvozaboni Tibo Kurtuani 2020-yil yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishi mumkin, deya yozmoqda Calciomercato.
Manbaning xabariga ko'ra, Peres Kurtuaning harakatidan qoniqish hosil qilmagan.
Futbolchi “Real”ga kelganidan beri bosim ostida harakat qilmoqda. Muxlislar esa hamon unga hushtakbozlikni davom ettirmoqda.