Portugaliyalik himoyachi Fabiu Koentrau tez orada «Real»ni tark etadi.
Futbolchi Lissabonning «Sporting» klubiga tegishli bo'lgan «Joze Alvalade» stadionida oilasi bilan suratga tushdi va uni tvitterga joylab: «Bunday katta klubda to'p surish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman» - deb yozdi.
Koentrau 2011 yildan buyon «Real» tarkibida o'ynamoqda. Biroq, raqobatda Marseloga yutqazib, asosiy tarkibda deyarli maydonga tushmayapti.