Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" klubi Alvaro Morata uchun taklif etgan 80 mln yevrosini rad etdi, bu haqida Goal.com nashri xabar beradi.
Madridliklar oldinroq Moratani 80 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgan edi, endi esa klub 24 yoshli hujumchini bundan ham katta narxga sotishni ko'zlamoqda. "MYU" dastlab Morata uchun 70 mln taklif etdi, bunga rad javobini olgan "qizil iblis"lar endilik 80 mln yevro taklif qilgan edi, ammo ularga yana rad javobi qaytarildi.
Futbolchining o'zi esa Madridni tark etishni xohlamoqda.