«Mendan ko'p narsani kutishmoqda, shu bois men tomonga yog'ilayotgan tanqidlar bu normal holat. Etibor qilmayapman. Jarohatimdan qutuldim va endi yuz foizga tayyorman. Gol urishni boshlaydigan bo'lsam, barchasi oson kechadi. Oldinga qadam tashlashim kerakligini tushunmoqdaman», – deydi Azar.
Eslatib o'tamiz, Azar lazaretdan qaytganidan buyon «qirollik klubi» tarkibida hali birorta ham bahsni to'liq 90 daqiqa o'tkazmadi.