«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nafaqat soliq idorasi bilan, balki shaxsiy hayotidagi muammolar bilan ham kurashishiga to'g'ri keladi.
Move Notícias xabariga ko'ra, Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges uning yaqin do'sti Marisa Mendesh bilan muloqot qilmay qo'ygan. Marisa futbolchining agenti Jorje Mendeshning qizi bo'lib, ko'p vaqtini Ronaldu bilan o'tkazadi. U Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritadi va marketing tadbirlarini tashkil qiladi. Avvalroq, Ronaldu va Marisaning o'rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqida ham xabarlar chiqqan edi.
Bularning hammasi Jorjinani asabiylashtirmoqda va u Ronaldu bilan Marisaning muloqotini cheklashga urinmoqda. Qizlar bir-biri bilan umuman gaplashmaydi, hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham aloqa o'rnatmagan. Masalan, Jorjina Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha do'stlarini kuzatib boradi, biroq faqat Marisani emas.
Ayni paytda Ronaldu qizlarning mojarosidan uzoqlashib qolgan, chunki yangi tug'ilgan farzandlari bilan mashg'ul. Biroq, kelajakda har ikkalasini yarashtirib qo'yishga jazm qilgan, deb xabar beradi Move Notícias.