Ushbu voqea birinchi taymda bo'lib o'tdi. O'shanda Ramos qanot hakamiga qarata nimalardir dedi. Simeone esa ushbu holatga tezkorlik bilan reakciya bildirdi va qanot hakamining oldiga borib: "Qanday qilib buni ko'taryapsan? U seni haqorat qildi-ku"
Murabbiy o'sha vaqtda Ramosning jazolanishini talab qildi. Simeonening so'zlariga ko'ra, "Real" sardori hakamning onasini haqorat qilgan.
Ushbu holatga Simeone: "Maydonda bo'layotgan ish o'sha erda qolsin. Laynsmenning o'zi barchasini eshitdi", - dedi.