Madridning "Real" klubi "Betis" yarimhimoyachisi Dani Sebalyos orqali tarkibni kuchaytirmoqchi.
Ispaniya yoshlar terma jamoasi yetakchisi madridliklarga muntazam o'yin amaliyoti berishga kafolat berishsagina "Real" safiga borib qo'shilishini ma'lum qilgan, deya xabar beradi Marca nashri. Buning uchun jamoadan Xames Rodrigez va Alvaro Morata singari futbolchilar tark etishi kerak.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Mundo Deportivo nashri Sebalyos allaqachon "Barselona" bilan muzokara o'tkazganini aytib o'tgan edi.