"Atletiko" tarixining bir bo'lagiman. Klubga bo'lgan hurmatim bor, lekin hozir men boshqa joydaman va "Real" nomi uchun borimni beraman.
Biz o'sishda va rivojlanishda davom etamiz. Hujumga qaraganda yaxshi himoyalanamiz yoki yo'q, buni bilmayman. Butun jamoa bo'lib hujumga o'tishimiz va himoyalanishimiz lozim. Bir nechta o'yinlarda, bu birdamlikni yo'qotib qo'ydik. Hozir to'pni oldirganimizdan keyin yaxshi bosim qilyapmiz. "Sevilya", "Osasuna" va bugungi "Atletiko"ga qarshi o'yinda ham bu jihatdan yaxshi harakatlandik.
Hech kim 0:0 hisobidan hursand emas. Lekin, bahs so'ngida qarshi hujumni o'tkazib yubormaslik uchun hujum qilishni istamadi. Zidan haqida tanqidlarga kelsak, bu matbuot. Siz yozishingiz, fikr bidlirishingiz mumkin. Lekin, biz ichkaridan nimalarni yaxshilashimiz borasida bilamiz", – deydi Kurtua.
27 yoshli darvozabon 2011-2014 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan.