"Atletiko"ga qarshi o'yinlar jismoniy jihatdan har doim og'ir o'tadi. Bu erda o'ynash qiyin, shuning uchun gol o'tkazib yubormaslik asosiy vazifaga aylanadi. Hujumda ham vaziyatlar yaratish qiyin kechdi, boisi ular juda kam bo'sh hududlar qoldirishdi. 3 ochko olishni istagandik, natijada qo'lga kiritilgan ochkodan qoniqmadik.
Mudofaa chizig'i ustida qattiq ishlaymiz. Hammasi biz uchun yaxshi ketmoqda. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'lga tushib oldik. Hakamlar bilan bo'lgan munozaraga kelsak, raqiblar ko'p o'yin qoidasini buzgan o'yinda, biz ularga qaraganda ko'p kartochka oldik", – deydi Ramos.