«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone La liganing 7-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Har ikkala jamoa uchun og'ir o'yin bo'ldi. O'yin boshidanoq biz himoyaga e'tibor qaratganimiz ko'rinib turdi. Ikkinchi bo'limda esa o'yin tenglashdi. Umuman olganda, o'yin durangga mos bo'ldi. G'alaba uchun har ikkala jamoaga nimadir etishmadi.
Xatolar ustidan ishlash uchun bizga ko'p vaqt kerak. Biz yo'l qo'yib bo'lmaydigan xatolar qilyapmiz. Qilayotgan ishlarimizni yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak», – dedi Simeone.