Madridning “Real” klubi “Real Sosedad” safida ajoyib o'yin ko'rsatayotgan yarim himoyachi Martin Edegorni qishda qaytarish haqida o'ylamayapti. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
20 yoshli futbolchi avvalroq jamoaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining ijara muddati mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.