Mariano Dias 2020 yil yanvarida “Real”ni tark etishi kutilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres Dias uchun belgilangan tovon pulini sezilarli ravishda pasaytirishga rozi. O'tgan yozda “Real” Dias transferidan 30 mln evro ishlab olishni ko'zlagandi, biroq biror bir xaridor bu summani to'lashga rozi bo'lmadi.
Malumot uchun, hujumchi joriy mavsum birorta rasmiy o'yinda maydonga tushmadi.