«Betis» yarim himoyachisi Daniel Sebalos hozircha o'z kelajagi borasida bosh qotirmayotgani haqida aytib o'tdi. Futbolchiga «Real» va «Barselona» klublari da'vogarlik qilishmoqda.
«Real» yoki «Barselona»? Hozircha xotirjamman. Bu haqda o'z fikrimni ikki haftadan keyin aytaman», — dedi Sebalos.
Avvalroq Sebalos «Real»dan kafolatgan o'yin amaliyotini kutayotgani haqida xabar tarqalgandi. Buning uchun esa «Qirollik klubi»ni Xames Rodriges va Alvaro Morata kabi futbolchilar tark etishi kerak.
Shu bilan birgalikda Kataloniyaning Mundo Deportivo nashri boshqa xabarni tarqatdi: Sebalos «Barselona» vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi va u "ko'k-anorranglilar" safigi o'tishni istamoqda.
Sebalosning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.