“Qilayotgan ishimizga ishonamz. Ko'p narsaga xotirjamlik va mehnat bilan erishiladi. Bungacha ham unchalik yomon emasdik, ammo ayni damda biz juda yaxshi ko'rinmoqdamiz. Kundan kunga yaxshi bo'lib boramiz. Zich va tajovuzkor o'ynashga harakat qilamiz. To'pga egalik qilgan vaqtimizda nimalarga qodir bo'lishimizni yaxshi bilamiz. Ha biz peshqadam aylandik, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Xuddi shunday ruhda ishlashda davom etishimiz kerak. Men jamoamga ishonaman. Bizda 25 nafar yaxshi o'yinchi bor, ular buni “Osasuna”ga qarshi bahsda ham isbotladi”, — deydi Zidan.