"Betis" rahbarlari 20 yoshli futbolchi Dani Sebalyos kelajagiga tez kunlarda oydinlik kiritilishini aytib o'tishdi. Andalusiyaliklar prezidenti Anxel Aro hozirda "Real" va "Barselona" Sebalyosga qiziqayotganini ammo Madridliklar bilan hech qanday muzokara o'tkazmaganini tasdiqladi.
"Real" bilan hech qanday uchrashuv bo'lmadi va biz buni rejalashtirayotganimiz ham yo'q." - deydi "Betis" klubi prezidenti Marca nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq "Betis" vitse-prezidenti Lorenso Serra Ferrer "Barselona" rahbarlari bilan 20 yoshli futbolchi borasida muzokara o'tkazganini tasdiqladi. Ammo ular Danini o'z tarkiblarida uzoq yillar saqlab qolish niyatida ekanligini aytib o'tishmoqda.