"Marca" xabariga ko'ra, rahbariyat 34 yoshli futbolchi yana bir bor termadan jarohat bilan qaytmasligini istashmoqda. O'tgan safar Modrich termadan jarohati bilan qaytgan va 2 haftani o'tkazib yuborgandi. Jamoada esa yarim himoyachilar kamayib ketgandi.
Oktyabr oyida Xorvatiya termasi Evro saralashi doirasida Vengriya va Uels kabi termalar bilan bahs olib boradi.