"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari murabbiylik faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, 42 yoshli argentinalik mutaxassis Devid Bekxemning "Inter Mayami" jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.
Solari klub bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogar hisoblanmoqda.
"Inter Mayami" yakuniy qarorini kelasi oyda e'lon qilishi kutilmoqda.