"Real" himoyachisi Ferlan Mendi oyog'idan jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchining chap oyoq mushaklari shikastlangan va u 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi. Demak, u 28 sentyabrda bo'ladigan Madrid derbisini o'tkazib yuboradi.